Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inson qadri toptalgan yillarni ko‘rdik» – Shavkat Mirziyoyev «paxta ishi» va Qashqadaryodagi zilzilani esladi
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda “paxta ishi” va Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzilani yodga oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Xalqimiz og‘ir yillarni boshdan kechirdi, bo‘htonlarni ko‘rdi. Inson qadri toptalgan yillarni ko‘rdik. Qashqadaryo ahli “paxta ishi” degan tuhmatlarni boshdan kechirdi. Bularni unutmasligimiz kerak. Bekorga “Uch avlod uchrashuvlari” tashkillashtirmayapmiz. Yoshlarimiz bu haqda bilishlari zarur.
Bekorga ta'lim, ta'lim deb qaytarmayman. Qashqadaryoda zilziladan keyin maktablar binosi talabga javob bermay qolgan. Nomiga filiallar ochib tashlangan. Endi mana shu kamchilikni ham bartaraf qilishimiz kerak”, – deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, 2001 yil 18 yanvarda Qashqadaryo viloyati hududida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, zilziladan zarar ko‘rgan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilingan.
Mavzuga oid
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
15:53 / 18.04.2026
Qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar 62 mln so‘m jarimaga tortildi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:44 / 28.02.2026