Şu yil fevralida davlat röyxatidan ötgan, 30 maydan “sotuv” reklamalarini boşlagan “Global avto kredit” MÇJ odamlarga foizsiz bölib tölaş şarti bilan qimmatbaho elektromobillarni va’da qilmoqda. GM maşinalari esa yillik 10 foizli ustama bilan 5 yilgaça nasiya savdoga berilişi aytilgan. Firma ijtimoiy tarmoqlardagi kanaliga bir neçta maşina “mijozlarga yetkazib berilgani” haqida videolavha joylaştirgan. Kun.uz bu maşinalar boşqa avtosalonlardan xarid qilinganini aniqladi.

Xörak

Jozibali reklama, oson şartlar va arzon narx – Özbekistonda maşina sotib olmoqçi bölayotganlarni çuv tuşiriş uçun mana şu va’dalar yetarli, qançalik şubhali bölmasin odamlar öz oyoqlari bilan sirtmoq içiga kirib boraverişadi. Buni qariyb 10 yildan buyon davom etib kelayotgan, biri qamalsa boşqasi paydo bölayotgan “Avto 60 oy”dan to “Halol avtolizing”gaça bölgan qator firmalar misolida köriş mumkin.

Afsuski, bu ketma-ketlik zanjiri hamon uzilgani yöq: “yiğaman-u, qoçaman” qabilidagi şubhali avtosalonlar paydo bölişda va odamlarni çuv tuşirişda davom etmoqda. Şunday şubhali firmalardan biri “Global avto kredit” MÇJ hisoblanadi. Uşbu firma “xörak” sifatida odamlarga qimmatbaho elektromobillarni foizsiz bölib tölaş şarti bilan olib berişni va’da qilmoqda.

“Xitoyda odamimiz bor”

“Global avto kredit” MÇJ 2025 yil 10 fevral kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Faoliyat turi – avtomobillar va yengil motorli transport vositalarining çakana savdosi.

Ustav kapitali 500 mln söm sifatida körsatilgan MÇJ ta’sisçisi va rahbari Baxtimurodov Bekzod Baxtimurod öğli hisoblanadi.

MÇJ Telegram’da kanal oçib, joriy yil 30 may kunidan “sotuv” reklamalarini e’lon qila boşlagan. Xususan, birinçi reklamada Cobalt maşinalarini “salon narxida” va “halol nasiya” asosida xarid qiliş mumkinligi aytiladi. Nasiya savdo şarti sifatida 1 yildan 5 yilgaça yillik foizli ustama taklif qilingan. Qolaversa, maşina mijozning öz nomiga rasmiylaştirilişi aytilgan.