«Adolat» SDP a'zosi bölgan deputat «Ijarada yaşayotgan va kundalik daromadga qarab qolgan aholiga qanday yordam beramiz?» sarlavhali maqolasida homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari orqali aholiga yetkazilayotgan mahsulotlarni taqsimlaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida ehtiyojmand oilalar qatlamini aniqlab oliş zarurligi haqida gapirgan.
«Hozirda uç toifadagi oilalar eng qiyin davrni boşidan ötkazmoqda. Birinçi toifa – bu öz uy-joyiga ega bölmagan, ijarada yaşayotgan oilalar hisoblanadi. Çunki ular daromad topadimi-yöqmi, ijara va kommunal tölovlarni har oy tölaşga majbur. Karantin davrida esa ularning aksariyati işsiz qolişdi. Ammo ijara tölovlarini tölamasa, boşpanasiz qolişi ham heç gap emas. Eng yomoni, ularning aksariyatida özlari yaşayotgan joyida «propiska»si bölmaydi. Tabiiyki, mahalladan olinadigan moddiy yordam yoki oziq-ovqat mahsulotlar oliş imkoniyati çeklanadi.
Ikkinçi toifa - faqatgina çet elda işlayotgan oila a'zosining daromadiga qarab qolgan oilalar. Sababi bugun aholimizning aksariyat qismi işlayotgan Rossiya Federatsiyasi va Qozoğistonda ham karantin e'lon qilingan. Öz-özidan uşbu davlatlarda mehnat qiliş imkoniyati ançagina pasaygan yoki butunlay töxtagan. Tabiiyki, ular oilasiga jönatayotgan mablağlar qisqardi yoki umuman töxtadi. Bundan taşqari, daromadsiz qolgan özga yurtdagi fuqarolarimiz ijara haqi va boşqa qöşimça tölovlarni tölaşga töğri keladi. Ularning oila a'zolari karantin şaroitida mablağsiz qolmoqda. Boisi ular na kam ta'minlangan oilaga, na yetarli ta'minlangan oilaga kirişadi.
Uçinçi toifa - kundalik daromadga asoslangan işlarni qilib yurgan vatandoşlarimiz. Ya'ni kafe, restoranlarda işlayotgan xodimlar yoki bölmasa kirakaşlik bilan şuğullanib tirikçilik qilib yaşayotgan fuqarolarimiz. Karantin şaroitida ularning mehnat qiliş imkoniyati çeklangani bois öz rözğorini tebratişda ança qiynalmoqdalar. Agarda karantin davri çöziladigan bölsa, fuqarolarimizning uşbu qatlami yanada qiynalişi aniq», deydi deputat.
U şuningdek, özi sanagan uç toifa oilalarga zaruriy oziq-ovqat yetkaziş bilan birlamçi ehtiyojni töliq qoplab bölmasligini ta'kidlaydi hamda ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida bir qator takliflarni ilgari surgan. Birinçi navbatda joylardagi hokimliklar mahalla fuqarolar yiğinlari orqali yuqoridagi toifalarga mansub oilalarni «propiska»sidan qat'i nazar alohida röyxatini şakllantirişi kerakligini ta'kidlagan.
«Birinçidan, joylardagi hokimliklar mahalla fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlikda yuqoridagi toifalarga mansub oilalarni propiskasidan qat'i nazar alohida röyxatini şakllantirişi kerak. Bu kabi oilalarni röyxatga olişni ijtimoiy tarmoqlar va yagona telefon tarmoği orqali amalga oşiriş ham mumkin. Bunda faqat yaşaş joyi böyiça haqiqiy ahvolni mahalla örganişi talab etiladi.














