«Adolat» sotsial demokratik partiyasi hukumatga koronavirus pandemiyasi vaqtida qiynalgan oilalarga yordam beriş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda partiya rasmiy saytida ma'lumot berilgan.
Fraksiya a'zosi Maqsud Qurbonboyev ijarada yaşayotgan, kundalik daromadga qarab qolgan oilalar va xorijdagi migrantlar oilalariga foizsiz ssudalar, mikroqarzlar ajratilişi lozimligi töğrisida taklif bilan çiqqandi.
«Deputatning munosabat va mulohazalari ijtimoiy tarmoqlar orqali qizğin muhokamadan ötkazildi. Köp sonli internet tarmoği foydalanuvçilari deputatning mazkur taklifi örinli ekanligini e'tirof etib, fraksiya a'zosi nuqtayi nazarini qöllab-quvvatladilar.
Deputat va partiya fraksiyasining boşqa a'zolari tomonidan ma'qullangan uşbu taklif joriy yilning 13 aprel kuni Boş vazirga jönatildi. Maqolada tilga olingan aholi qatlamlariga moddiy kömak beriş masalasi endi hukumat doirasida körib çiqiladi», deyiladi partiya rasmiy saytida berilgan xabarda.
Ma'lumot uçun, 2019 yil sentabr oyi statistikasiga köra, Özbekistonda işsizlik darajasi 8,9 foizni taşkil qiladi. Mamlakatda 5,7 millionga yaqin fuqaro rasmiy sektorda faoliyat yuritadi. Ötgan yil sentabr oyidagi hisob-kitoblarga köra, 2,6 milliondan köproq özbekistonlik mehnat muhojiri sifatida xorijda işlaşi aniqlangan.
Mehnat munosabat vaziri Nozim Husanov Kun.uz bilan suhbatda Özbekistonda çegaralar yopilgaç, 500 ming fuqaro xorijga işlagani keta olmaganini aytgandi.
Hukumat pandemiya sabab yuzaga kelgan inqirozning oldini oliş maqsadida aksilinqiroz rejasi işlab çiqqan, ammo kunlik daromad evaziga tirikçilik qiladigan, karantin sabab doimiy daromadidan ayrilganlarga yordam beriş böyiça rasman çora körilgani yöq.
AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodçi Behzod Hoşimov hozirgi holatda eng samarali yöl qiynalib qolgan odamlarga pul tarqatiş ekanini aytgandi.













