Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oşirildi. Bu haqda Özbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilingan.
Jumladan, Farğona viloyatining 5 tumani va bir şahrida yangi IIB boşliqlari tayinlangan.
Podpolkovnik Ilhomjon Imomaliyeviç Sotvoldiyev Qöqon şahri IIB boşliği lavozimini egallagan. Bu lavozimda 2017 yil aprelidan buyon işlab kelgan podpolkovnik Ziyohiddin Nematjonoviç Ğofurov viloyatning Rişton tumani IIB boşliği lavozimiga işga ötgan. Şu yilning mayida Rişton tumani IIB boşliği sifatida iş boşlagan Şuhrat Azimoviç Möminovning keyingi faoliyati haqida ma'lum emas.
Podpolkovnik Baxtiyor Rahimoviç Najimitdinov Beşariq tumani IIB boşliği lavozimida iş boşladi. U bu lavozimda 2017 yil fevralidan buyon işlab kelgan podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiyev örnini egalladi.
2017 yil mayidan 2018 yil 13 iyuniga qadar Furqat tumani IIB boşliği bölgan polkovnik Şavkatjon Odilov Ibragimoviç örniga podpolkovnik Bahodir Abdimannonoviç Kolonov tayinlandi.
2017 yil fevralida Danğara tumani IIB boşliği etib tayinlangan, 2018 yil 13 iyunida işdan olingan podpolkovnik Rustamjon Tojiyev örniga mayor Şerzodjon Zokiroviç Ahmedov tasdiqlangan.
Mayor Akmaljon Rahmatoviç Sotvoldiyev Boğdod tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda mayor A.Ğofurov örnini egallagan.












