AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniyaning Batler şahridagi saylovoldi mitingi çoğida yaralandi. Hodisa aks etgan videoda uning çiqişi çoğida öq ovoziga öxşaş tovuşlar eşitilayotganini körişi mumkin; siyosatçi öng quloğini uşlaydi va polga çökkalaydi. Maxsus xizmat agentlari uni qurşab olişgan, kötarilişga yordam berişgan va sahnadan olib ketişgan. Videoda Trampning quloği qonga belangani köringan; u sahnani huşi joyida holatda va muştini kötargan holda tark etgan.
Maxfiy xizmatlar vakili Tramp ayni vaqtda «xavfsizlikda» ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi The New York Times. Trampning saylov kampaniyasi vakili ham sobiq prezidentning «ahvoli yaxşiligi» va mahalliy tibbiyot muassasasida tibbiy körikdan ötganini ma’lum qilgan. Batler okrugi prokuroriga köra, öq Trampni «tirnab ötgan». CBS News ma’lumotiga köra, hodisadan uç soat ötib sobiq prezident şifoxonani tark etgandi.
Hodisa oqibatida halok bölgan va yaralanganlar bor — Batler okrugi prokurori mitingga kelganlardan biri halok bölgani va yana ikki jabrlanuvçi oğir ahvolda ekanini ma’lum qilgan. Öt oçgan şaxs Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib öldirilgan. Gumondorning şaxsi haqida hozirça ma’lumot yöq. The New York Times ma’lumotiga köra, suriştiruv işlari Maxfiy xizmat tomonidan olib borilmoqda, ammo unga boşqa idoralar, xususan Federal qidiruv byurosi ham jalb etiladi.
CNN hodisa qotillikka uriniş sifatida baholanmoqda.
Trampga öq uzgan şaxsning özi tadbir iştirokçilari orasida bölmagan, u miting maydoni taşqarisidagi uylardan birining tomidan turib bir neça marta öq uzgan, degan CNN muxbirining huquq-tartibot organlaridagi manbalari. Batler okrug prokurori Riçard Goldinjyer hujum qilgan şaxs tomda bölgani va «bir neça yuz yard» masofadan turib öt oçganini tasdiqlagan. «Buning uçun miltiq kerak bölardi», — degan u. Keyinroq jinoyatçining yonidan AR-15 rusumli yarimavtomat miltiq topilgan.
Otişma uyuştirgan şaxs va Tramp turgan joy geolokatsiyasiga köra, ularning oraliğida taxminan 125 metr bölgan; ABC News manbasi esa bundan qariyb ikki barobar köproq masofani aytmoqda — 200-300 yard.
BBC News mitingga taşrif buyurganlardan biridan intervyu olgan, u otişma boşlanişidan bir neça daqiqa oldin özi va atrofidagilar miltiq kötargan şaxs sahnaga qarab turganini körişgan va politsiyaçilarni ogohlantirişga urinişgan, ammo bundan naf çiqmagan.














