Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq sözlamoqda.

Davlat rahbari iqtisodiyotda çuqur transformatsiya jarayonlari, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qöşilgan qiymatni yaratiş izçil davom ettirilişini ta’kidlab, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça ustuvor yönalişlarga alohida töxtalib ötdi.
Birinçi yönaliş: “yaşil” energetika. Energetika tarmoği samaradorligini oşiriş butun mintaqa uçun dolzarbdir. Bu borada mamlakatda 28 ta loyiha ustida işlar davom ettirilmoqda.
Özbekiston 2030 yilgaça 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini yaratiş va energetika balansida uning uluşini 40 foizga yetkazişni maqsad qilgan.
Bugun forum doirasida investorlar uçun qöşni Qirğiziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda quriş loyihalari taqdimoti ötkaziladi. Prezident uşbu yönalişda barça davlatlar yetakçi kompaniyalarini oçiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etdi.












