Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oşiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Öquvçilarning fanlarga qiziqişi va örganişi köp jihatdan murabbiylarning bilim va mahoratiga boğliq. Şu bois pedagoglarning malakasini oşirişga zarur şaroit yaratilib, baholaş tizimi takomillaştirib borilmoqda.

Mutasaddilar avvalo şu haqda axborot berdi. Qayd etilganidek, attestatsiyada ilğor texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilgan. Unda 190 mingdan ziyod öqituvçilar qatnaşib, şundan 51 ming nafarining toifasi oşirilgan.

Maktablarda bilimli va izlanuvçan pedagoglar köpayişini doimiy rağbatlantiriş zarurligi ta’kidlandi.

2025 yil sentabrdan oliy va birinçi malaka toifasiga ega öqituvçilarning oylik maoşini oşiriş taklifi bildirildi.

Attestatsiyadan ötolmagan, tajribasi yetarli bölmagan öqituvçilar uçun alohida dastur işlab çiqib, malakasini oşiriş böyiça körsatmalar berildi.

Bu borada malaka oşiriş markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan töla foydalaniş zarur. Şu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida boğça va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oşiriş tizimi yölga qöyilişi belgilandi.

Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oşiriş markazlari tasarrufiga ötkazib, xorijdan trenerlarni jalb etiş vazifasi qöyildi.