AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni Ğazo böyiça tinçlik rejasi atrofidagi voqealar muvaffaqiyatli rivojlanayotganiga işontiriş uçun beadab iboralardan foydalangan. Bu haqda AQŞ hukumatidagi manbasiga tayanib, Axios xabar berdi.
Axios versiyasiga köra, 3 oktyabr kuni HAMAS vakillari Trampning tinçlik rejasiga ijobiy javob berganida, AQŞ prezidenti buni yaxşi yangilik sifatida körib, Netanyahuga qönğiroq qilişga şoşilgan. Isroil boş vaziri esa HAMAS javobini ijobiy baholaşga moyil bölmagan.
«Bibi bayram qilişning hojati yöqligini aytdi, bu (HAMAS javobi) heç narsani anglatmasligini ta’kidladi», deb Axios öz suhbatdoşi sözlaridan iqtibos keltirdi. Bu Trampni ğazablantirdi. «Bilmadim, nega sen doim şunaqa yaramas negativçisan. Bu ğalaba, uni qabul qil», dedi AQŞ prezidenti.
Axios ekspertlarining fikriça, uşbu tortişuv AQŞ prezidenti öz rejasiga qançalik jiddiy yondaşişi va unga katta umid boğlaşini körsatadi.
Donald Trampning Ğazo masalasini hal qiliş rejasi 29 sentabr kuni, AQŞ prezidenti va Isroil boş vaziri Vaşingtonda uçraşgan kuni e’lon qilindi. U 20 banddan iborat bölib, barça isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş, HAMAS taslim bölişi, Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilişiga ruxsat beriş va uni xalqaro organ nazorati ostida vaqtinçalik ma’muriyat boşqaruviga ötkazişni öz içiga oladi.


















