Talabalik – oltin davr. Qiyinçiliklari, quvonç-u taşvişlari ham öziga xos. Ayniqsa uzoq viloyatlardan poytaxtga kelib yoki çet mamlakatlarga borib öqişni davom ettirişning öz gaşti bor.
Studentlik davrida talabalar turar-joyi alohida örin tutadi. Undagi hayot, qiziqarli voqealar talaba hayotining ajralmas qismi. Yotoqxonada yaşagan studentlarning talabalik davriga oid bir umrlik xotiralari şu yotoqxona bilan bevosita boğliq bölişi bejiz emas.
Viloyatlar markazidagi va Toşkentdagi talabalarning TTJdagi hayotidan ozmi-köpmi xabardormiz. Ammo çet davlatda öqiyotgan talabalar yotoqxonasidagi şaroitlar köpçilikni qiziqtirsa kerak. Şundan kelib çiqib, Rossiyaga safarimiz davomida Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabida ta'lim olayotgan özbek talabalari bilan ular yaşayotgan TTJda davra suhbati taşkil qildik.
Oliy iqtisodiyot maktabi yotoqxonalari şaharning bir neçta nuqtalarida joylaşgan. Biz borgan Tsimlyanskaya köçasidagi yotoqxona örtaça narxdagi, 9-sonli talabalar turar joyi edi.

Yotoqxonada turli davlatlardan kelgan talabalar istiqomat qilişadi. VEŞning magistratura bosqiçi talabasi Umid Ergaşev bizni yotoqxonadagi şaroitlar va narx-navo bilan birma-bir taniştirib çiqdi.

Xonalar ikki kişi uçun möljallangan. Şuningdek, oşxona, dazmol xonasi, kiyimlarni quritadigan xona va kutubxona ham bor. Talabalar uçun bepul WiFi örnatilgan.



Uşbu 9-sonli talabalar turar-joyi örtaça şaroitli yotoqxona hisoblanib, har oy uçun tölov miqdori bir talabaga 718 rublni taşkil qiladi. Bu – 11-12 dollar degani.












