Ijtimoiy tarmoqda lotin yozuviga asoslangan özbek yozuvini isloh qiliş mavzusi yana qizğin muhokama qilinmoqda. Ötgan juma kuni Alişer Navoiy nomidagi Toshkent davlat Özbek tili va adabiyoti universitetida Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan ilmiy-nazariy konferensiya bölib ötdi va unda alifboga kiritilayotgan özgartirişlar namoyiş etildi.

Özi nega alifbo masalasi yana kötarildi? Çunki 1995 yilda qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan alifbo bugungi kunga kelib bir neça noqulayliklarga ega ekani oydinlaşmoqda.

Filolog olimlar, ayniqsa dasturçilar alifboda mavjud va tilning rivojlanişiga tösiq bölayotgan bu muammolarni bartaraf etiş masalasini bot-bot kötarib kelişmoqda (uşbu maqolada ularning har biriga qisqaça töxtalib ötamiz).

Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş masalasi 2019 yilda Özbek tili bayramida prezident Şavkat Mirziyoyevning nutqida ta’kidlab ötilgan edi. Joriy yil 5 iyulida ham prezident Toshkent şahri saylovçilari bilan uçraşuvda ham lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş işlari oxirigaça yetkazilişi kerakligini ta’kidlagan.

«Mana, keyingi paytda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş böyiça katta işlarni amalga oşiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatçiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillaştiriş böyiça işlarni yakuniga yetkazişimiz zarur», — degan u.

Bu borada avvalgi yiğiliş 2021 yilda bölib ötgan edi. Öşanda alifboga kiritilişi lozim bölgan sönggi özgartirişlar sifatida quyidagi harf almaşinişlari amalga oşirilişi taklif qilingandi.

22 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda esa tilçi olimlar yakuniy töxtamga kelib, yozuvda köp murakkabliklarni yuzaga keltirayotgan ayrim harflar böyiça uşbu körinişdagi quyidagiça islohotlar amalga oşirilayotganini ma’lum qilişdi: