Bugun, 27 avgust kuni AOKAda taşkil etilgan matbuot anjumanida Taşqi işlar vazirligi boşqarma boşliği Karomiddin Gadoyev BMTning 72-sessiyasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 taşabbus natijasi haqida ma'lumot berdi.
“72-sessiya davomida ilgari surilgan 5ta taşabbusdan 4tasi amaliyotga bevosita tatbiq etildi. Jumladan, olib borilgan sa'y-harakatlarning natijasi ölaroq, oxirgi ikki yil içida BMT Boş Assambleyasida Özbekistonning bevosita taşabbusi bilan prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 3ta rezolyutsiya qabul qilindi”, dedi u.
Qayd etilişiça, birinçi taşabbus Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari bölib, u bevosita tasdiğini topgan. Bundan taşqari, BMT Boş Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaş böyiça mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş böyiça maxsus rezolyutsiyasi 2018 yilning 2 iyulida jahon hamjamiyati mamlakatlari tomonidan qabul qilingan.
Taşqi işlar vazirligi boşqarma boşliğiga köra, Özbekistonning iştirokisiz mintaqada bölayotgan biror-bir jarayonning muvaffaqiyatga erişişi amri mahol. Şundan kelib çiqib, Şavkat Mirziyoyevning uşbu taşabbusi juda qisqa muddatlarda amaliyotda öz tasdiğini topdi.
Ikkinçi taşabbus ma'rifat va diniy bağrikenglik haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinişi böldi. Bu rezolyutsiya 2018 yil 12 dekabrda BMT Boş assambleyasi tomonidan qabul qilindi.
Uçinçi taşabbus sifatida Orol muammosining kötarilganini aytiş mumkin. Joriy yilda uşbu taşabbus amaliy tatbiqi davomi sifatida Orolböyini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş rejalaştirilgan. Törtinçi taşabbus Afğoniston muammosini hal etiş bölgandi.









