O‘zbekiston | 10:25 / 25.07.2021
18079
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Keyingi yildan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lov miqdori kamaytiriladi.

2022 yilning 1 yanvaridan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar miqdori kamaytiriladi. Bu tartib 24 iyul kuni imzolangan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.

Quyidagi jadvalda qaysi turdagi to‘lovlar miqdori qanchaga kamaytirilgani keltirilgan:

«Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon bilan 2021 yil 1 noyabrdan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llanadi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazlari, «Lisenziya» axborot tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi.

Bunda:

  • ariza beruvchiga to‘lovlar Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytariladi
    va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan aksepsiz undirib olinadi;
  • ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi va to‘liq yakunlanadi.

Mavzuga oid