Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oktyabr oyi meteorologik kuzatuvning barcha yillari uchun eng yomg‘irli bo‘ldi
Respublika hududining katta qismida yomg‘ir oktyabr oyida odatdagidan ko‘ra tez-tez yog‘di va yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan 2-4 marta ko‘p bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi hududining katta qismida, Qizilqum cho‘lining ayrim joylarida va Nurota tizmasi hududida oktyabr oyida yog‘gan yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha barcha kuzatuv qatorlari uchun eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan uchlikka kirdi.
Oktyabr oyida odatda juda kam yomg‘ir yog‘adigan ayrim qurg‘oqchil hududlarda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 6-8 marta (Navoiy va Qorako‘l meteostansiyalari hududida), Buxoro meteostansiyasi hududida esa 14 marta ko‘p bo‘ldi. Ushbu hududlarda oktyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yomg‘irli bo‘ldi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining qator tumanlarida va Qizilqum cho‘lining g‘arbiy qismidagi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kuzatildi.
Mavzuga oid
11:29
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026