Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Faqat ayrim kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 10–11-sentabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Hafta davomida harorat foni kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja atrofida boʻladi. Respublikaning shimoli-gʻarbida kunduzgi harorat +30…+33 darajadan +25…+28 darajagacha biroz pasayadi.
7 va 11-sentabr kunlari respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol 7−12 metr/soniya tezlikda esadi, 8−10-sentabrda shimolda va choʻl hududlarda, 11-sentabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻldi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +17…+20 daraja boʻladi, kunduz kunlari +32…+34 darajadan +35…+37 darajagacha oʻzgarib turadi. Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi.
















