Qönğirotboy Şaripovning aytişiça, kiyim ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydi, lekin agar forma böyiça talablar bölmasa, “jamiyatda har xil kiyimdagi odamlar paydo böladi”, bu esa “har xil töqnaşuvlar va ziddiyatlar”ga olib keladi. Şuningdek, vazir özbek oliygohlari 2030 yilgaça top 500 talikka kira olişiga işonç bildirdi.

21 iyun kuni Toşkentdagi Yoşlar ijod saroyida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov yoşlar bilan uçraşdi. Tadbirdan keyin vazir jurnalistlar savollariga javob berdi.

Qönğirotboy Şaripov Kun.uz muxbirining savoliga javoban özbek oliygohlari 2030 yilgaça dunyoning top-500talik OTMlari reytingiga kira olişiga işonç bildirdi. Uning aytişiça, hozir Irrigatsiya instituti 550-örinda turibdi.

“Albatta, hali oldimizdagi strategiyaga 3-4 yil bor, şu “temp”da davom ettirsa, nafaqat 500talikka, balki 300talikka ham kirişi mumkin. Buning uçun öz ustida doimiy işlaş kerak. Milliy universitet ham hozir 700-örinda, unda ham bu imkoniyat bor”, – dedi oliy ta’lim vaziri.

Şuningdek, Şaripovga talabalar formasi haqidagi an’anaviy savol ham berildi. Uning sözlariga köra, OTMlardagi kiyiniş böyiça talablar oliygohning “öz brendini yaratişi” bilan boğliq bölib, vazirlik tomonidan OTMlarga kiyim borasida heç qanday topşiriq berilmagan.

“Heç kim tomonidan unaqa topşiriq bölmagan. Lekin har bir oliy ta’lim muassasasi özining brendini yaratişi kerak. “OTM yuqori malakali mutaxassis tayyorlayapti” degan brend, bu nafaqat öqituvçilarda, talabalarda ham körinişi kerak. Çunki OTM – bu madaniyat öçoği ham.

Har bir OTMda qabul qilingan tartib bor. Şu tartibga rioya qilsa, marhamat… U OTM bilan şartnoma qilyapti… Masalan, hozir siz yaxşi kiyinibsiz, mana şunday kiyinib yursa, nimasi yomon, kelaversin darsga, nega “galstuk taqqin” deyiş kerak?” – ta’kidladi OTFIV rahbari.

Qönğirotboy Şaripov kiyim ta’lim sifatiga ta’sir qiladimi, deb savolga: “Albatta, ta’sir qilmaydi ”, deya javob berdi.

“Lekin bu – jamiyat. Unday bölsa, jamiyatda har xil kiyimdagi odamlar paydo böladi. Bitta bizni aytyapsizlar... Hozir men boşqa nimaga tegsam, sizlar boşqaça talqin qilasizlar uni, şuning uçun buni bitta yönalişga köproq e’tibor berib, boşqa yönalişga e’tibor bermasak, u ham yaxşi emas. Keyin har xil töqnaşuvlar va ziddiyatlar paydo böladi”, – dedi u.