Farğona viloyatida huquq-tartibot organlarida yana qator iste’folar röy berdi. Xususan, Qöqon şahri va Özbekiston tumani IIB boşliqlari, Rişton tumani prokurori işdan olindi.
«Uşbu yiğiliş bejizga Farğonada ötkazilmayapti. Çunki bugun barça yönalişlar böyiça eng köp tilga olingan hudud bu Farğona bölyapti.
Sababi, viloyatdagi kriminogen vaziyat açinarli holda», dedi davlat rahbari.
Keça viloyat içki işlar boşliği lavozimidan ozod etilgan M.Jörayev jinoyatçilikka qarşi kuraşiş örniga statistikani sun’iy kamaytiriş bilan şuğullanib kelgani körsatib ötildi.
Viloyatda jinoyatlarni röyxatga olmaslik orqali ularni yaşiriş oddiy holga aylanib qolgan.
Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça öziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonligi, korrupsiya holatlariga yöl qöygani va mansab vakolatidan şaxsiy manfaatlarida foydalanib kelgani uçun Qöqon şahar IIB boşliği (Nurilla Sultonov) va uning birinçi örinbosari, Qöqon şahar içki işlar jamoat tartibini saqlaş bölimi komandiri örinbosari, Özbekiston tumani IIB boşliği (Baxtiyorjon Najmiddinov) lavozimidan ozod qilindi.
Şuningdek, viloyat prokurorining içki xavfsizlik böyiça yordamçisi, viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi boşliği, viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar işlari böyiça yordamçisi, Rişton tumani prokurori (Rustamjon Madaliyev) işdan olindi.
Boş prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatiga ularning faoliyatiga qonuniy baho berib, tergov harakatlarini boşlaş topşirildi.
Şuningdek, qöl ostidagi xodimlari hamda içki işlar idoralarida qonun ijrosi ustidan nazoratni susaytirib yuborgani uçun Farğona viloyati prokurori B.Ismoilovga hayfsan berildi.

Prezident yiğilişni yakunlar ekan, endi heç kimning eskiça işlaşiga yöl qöyilmasligini uqtirdi.












