Ekologiya vazirining birinçi örinbosari Obidjon Qudratov vazirlik loyihaga qarşi ekanini bildirib, Vazirlar Mahkamasiga bu borada takliflar yuborilganini ma’lum qildi.
Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida rejalangan yöl qurilişi sabab ikkala hududda jami 70 mingga yaqin daraxt va butalar kesilişi mumkin. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar bermoqda.
«Bunda jumladan, Buxoroda 23 ming, Surxondaryo viloyatida esa 45 mingdan ortiq daraxt va butalarni yöq qiliş böyiça reja mavjud va loyiha allaqaçon hukumatga topşirilgan. Işlar avgustdan, tezlaştirilgan tartibda boşlanişi kutilmoqda», – dedi manba.
27 iyul kuni Ekologiya vazirligi mutasaddilari iştirokida ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mas’ullardan ayni şu masala böyiça izoh söradi.
Ekologiya vazirining birinçi örinbosari Obidjon Qudratov Buxoro va Surxondaryoda quriladigan yöl böyiça hukumatga taqdim qilingan loyihada köplab daraxt va butalar kesilişi körsatilganini tasdiqladi.
«Bu loyihadan xabarimiz bor, lekin u hali öz nomi bilan loyiha. Loyiha vazirlik bilan kelişilmagan va biz bunga qarşi ekanimizni bildirganmiz.
Biz qarşilik bildirişdan taşqari şuningdek, tegişli organlarga yozma tarzda ham murojaat qilganmiz. Bundan taşqari, biz tez orada Surxondaryo va Buxoroda jamoatçilik eşituvini taşkil qilamiz. Şundan sönggina qaror qabul qilinadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi bilan ham kelişib olganmiz.
Biz birinçi navbatda öşa hududlarga borib, daraxtlarni asraş böyiça çoralarni köramiz», – dedi vazirlik rasmiysi.











