Jamiyat | 11:30 / 11.12.2019
12172
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekistonning yana bir fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 6 dekabr kuni Artyom shahri (Primore o‘lkasi) shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi B.G‘. yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, u ushbu hududda 2015 yildan buyon qonuniy asosda ishlab va yashab kelayotgan edi.

Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Uzoq sharq federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Bundan oldin, Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid