O‘zi nima gap?

Dunyo bo‘ylab grin-karta lotereyasining minglab g‘oliblari AQSh hukumatiga qarshi sudga da'vo kiritishmoqda. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

Da'vogarlar huquqlarini himoya qilayotgan advokat Kyortis Morrison tvitterda AQSh hukumatiga qarshi da'vo 141 mamlakatdan 24 ming nafardan ortiq odam nomidan berilganini ma'lum qildi. Mazkur ish Kolumbiya okrugi sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilyapti.

Sudga murojaat qilgan “Turli millat vakillari uchun immigratsiyaviy viza dasturi” (Diversity Immigrant Visa Program – AQSh rezidenti maqomini olish huquqini beruvchi vizalar olish dasturi)ning minglab g‘oliblari AQSh ularning arizalarini ko‘rib chiqishdan bosh tortayotgani sababli Amerikada yangi hayot boshlash imkoniyatini yo‘qotishdan xavotirda.

Har yili 55 mingta grin-karta

DV Lottery dasturida co‘nggi besh yilda AQShga 50 ming fuqarosi immigratsiya qilgan davlatlardan tashqari barcha davlatlar fuqarolari qatnasha oladi. O‘zbekistonliklar ham dasturda ishtirok eta oluvchilar jumlasidandir. Har yili lotereyada ishtirok etganlar orasidan dunyo bo‘ylab 55 ming kishi tanlab olinadi. Ular orasida AQSh fuqarolari va dasturda ishtirok eta olmaydigan mamlakatlar vakillari bo‘lmasligi kafolatlanadi.

Ushbu dastur oddiy, lekin qat'iy talablarga javob beradigan shaxslarga doimiy yashash maqomini berishni nazarda tutadi. Odatda anketa to‘ldiruvchi hech bo‘lmaganda o‘rta ma'lumotga ega bo‘lishi, O‘zbekiston sharoitida litsey yoki kollejni tamomlagan bo‘lishi talab etiladi. Grin-karta egalari tasodifiy tanlanadi. Beriladigan vizalar mamlakat va mintaqa bo‘yicha cheklangan. Hech qaysi mamlakatga umumiy «grin-karta»ning 7 foizidan (3,5 ming) ortig‘i berilmaydi.

Lekin grin-karta yutganlarning hammasi ham AQShga keta olmagan. 2016 yil may oyida 4 501 nafar, 2017 yil mayida 4 494 nafar o‘zbekistonlikka yutuq chiqqan. Biroq 2017 yilda faqatgina 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda esa 823 nafar O‘zbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQShda doimiy yashash huquqini