Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC rasmiy saytidan biliş mumkin. Buning uçun iştirokçi röyxatdan ötganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini va tuğilgan yilini kiritişi zarur.

Şundan keyin oçilgan sahifada «Siz ‘Turli millat vakillari uçun immigratsiyaviy viza dasturi’ (Diversity Immigrant Visa Program) uçun tasodifiy tanlab olindingiz», degan yozuv çiqsa, demak, bu grin-karta yutib olinganini bildiradi.

Agar javob tekşirilganda boş harflar bilan «… HAS NOT BEEN SELECTED» – «Siz tanlab olinmadingiz» degan yozuv çiqsa, keyingi safar urinib körişga töğri keladi.

Lekin grin-karta yutganlarda ham AQŞga ketiş imkoni 100 foiz degani emas. Bu javoblar e'lon qilingaç, tanlab olinganlarning özlariga oldindan ma'lum qilinadi. «Tanlab olinganingiz AQŞga keliş uçun viza olişingizni kafolatlamaydi. Sababi tanlab olinadiganlar viza beriladiganlar soniga qaraganda köproq böladi. Şuning uçun körsatmalarga amal qiliş viza oliş imkoningizni oşiradi», deyiladi ogohlantirişda.

Ğoliblar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, AQŞda doimiy yaşaş, qonuniy işlaş va 5 yildan söng AQŞ fuqaroligini oliş uçun ariza beriş imkoniyatiga ega böladi. Grin-karta egalari saylovda ovoz berişdan taşqari, AQŞ fuqarolariga berilgan aksariyat huquqlardan foydalana oladi.

Har yili AQŞga immigratsiya körsatkiçlari kam bölgan davlatlar fuqarolariga immigratsion viza uçun lotereya öynaladi. Dastur asosida yiliga 55 ming nafargaça xorij fuqarosi AQŞ rezidenti maqomini oladi.

2017 yilda grin-karta uçun Özbekiston fuqarolaridan 1,8 million, 2018 yilda 1,7 million, 2019 yilda esa 466 480ta ariza kelib tuşgan.

Lotereyada ğolib deb topilganlarga kelsak, 2016 yil may oyida 4 501 nafar, 2017 yil mayida 4 494 nafar özbekistonlikka yutuq çiqqan. Ammo ğoliblarning barçasiga ham grin-karta nasib etavermaydi. 2017 yilda 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda 823 nafar Özbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQŞda doimiy yaşaş huquqini