Jamiyat | 18:00 / 17.10.2020
8731
4 daqiqa o‘qiladi

«Shodlik qasidasi»: Artel Simfoniya oshxona plitalari sizning ilhomingiz manbai

Mazali taom va musiqa bir-biriga qanchalik o‘xshashligiga hech e'tibor berganmisiz? Taom ingridiyentlari musiqa notalari kabi o‘zaro aralashib, go‘zal pazandalik simfoniyasiga aylanadilar. Yangi Artel Simfoniya 04-Ye va Simfoniya 02-G oshxona plitalari aynan shunday pazandalik durdonalarini yaratish uchun ishlab chiqarilgan.

Artel'ning yangi oshxona plitalari o‘zlarida qulay va zamonaviy texnologiyalarni mujassam etgan. Ularda taom tayyorlash yuqori darajada qulay, taomlar esa haqiqatda estetik rohat baxsh etadi. Yangi oshxona plitalarining barcha texnik ustunliklari bilan quyidagi maqolada tanishib chiqishingiz mumkin.

Multi Flame texnologiyasi yordamida pishirish jarayonini yanada tezlashtirib, gazni 20 foizgacha tejash mumkin. Bu qanday ishlaydi? Konforkadan chiquvchi olov ko‘plab kichik teshiklardan o‘tib, qozonning pastki qismida to‘g‘ri taqsimlanadi. Qozonni tezda qizitish va gazni tejash siri aynan olovning to‘g‘ri taqsimlanishida. Alohida aytish lozimki, yangi oshxona plitalarida gaz nazorati funksiyasi o‘rnatilgan. Gaz nazorati sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi va olov to‘satdan o‘chib qolgan hollarda, avtomatik tarzda gaz ta'minotini to‘xtatadi.

Olovning to‘g‘ri taqsimlanishi haqida gapirganda konveksiya tizimini ham eslab o‘tish lozim. Ushbu tizim duxovka ichidagi issiq harorat bir maromda taqsimlanishini ta'minlaydi. Bu funksiya qayerda kerak bo‘lishi mumkin? Masalan, biror pishiriq tayyorlayotganda. Duxovkada bir maromda taqsimlangan issiq harorat pishiriqni har tomonlama – ham ichidan, ham tashqarisidan bir xil qilib pishiradi.

Olovni bir tekis taqsimlashdan tashqari, uni to‘g‘ri sozlash ham taom tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Olov darajasi to‘g‘ri sozlanmagan holda taomingiz siz kutgan kabi mazali bo‘lmasligi mumkin. Buning qanday oldini olish mumkin? Albatta, yangi modellarda o‘rnatilgan Flame Control funksiyasi bilan!

Flame Control – bu plitaning dastagini pog‘onali boshqarish tizimidir. Ispaniyaning COPRECI korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu texnologiya olov darajasini maksimal darajada aniq sozlashga imkon beradi.

Alohida aytish joizki, Simfoniya 04-E oshxona plitasi raqamli taymer bilan jihozlangan. Ushbu taymerning qulayligi shundaki, uning yordamida taom tayyorlash vaqtini aniq nazorat qilish mumkin. Keyinga qoldirilgan start nomli qo‘shimcha funksiya taom yoki pishiriqni duxovkaga oldindan joylash va pishirish vaqtini oldindan o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Siz o‘rnatgan vaqtga qarab elektr TEN avtomatik holda ishga tushishi yoki o‘chirilishi mumkin.

Yangi plitalarning navbatdagi afzalligi – bu duxovkalarning biokeramik qoplamasidir. Biokeramika kuymaydigan material, unga dog‘ deyarli umuman yopishmaydi, yopishganini esa tozalash umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan tashqari biokeramik qoplama taom tayyorlayotganda foydali vitaminlarni maksimal darajada saqlab qolishga imkon beradi. Bugungi kunda biokeramik qoplama duxovkada ishlatiluvchi eng sifatli qoplamalardan biri hisoblanadi.

Artel Simfoniya oshxona plitalarida hozirgi kundagi ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan. Uning jozibador, ammo jiddiy tashqi ko‘rinishi har qanday xonadon intereriga a'lo darajada to‘g‘ri keladi. Yangi Artel oshxona plitalari bilan pazandalik durdonalarini yarating. Ushbu mahsulotlarni sotib olish – yillar davomida ishonchlilik va sifat kafolatidir.

Qo‘shimcha tafsilotlar uchun rasmiy veb-sayt artelgroup.org/category/ranges yoki Facebook'dagi rasmiy sahifaga fb.com/arteluzb tashrif buyuring.

Buyurtma qilish uchun: +998 78 777-10-10

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid