Jumladan, deputat bayroq rangi va madhiyadagi sözlarni özgartirişni istamoqda. Uning fikriga köra, bayroq rangi SSSR davrida tanlangan.
«Qirğizlarning bayroği kök rangda bölgani tarixdan ma’lum. Şu tufayli bayroq rangini özgartirişimiz kerak. Bu haqda qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Madhiyadagi ba’zi sözlar ham özgartirilişi lozim. Tarixiy ramzlarimizga qaytiş vaqti keldi», dedi u.
Avvalroq Arslanbek Maliyev mamlakat nomini özgartirişni taklif qilgan edi. U taklif qilgan variantlar orasida «Qirğiz eli», «Qirğiz xoqonligi», «Qirğiz yeri» bor edi.
Qirğiziston Respublikasining davlat bayroği 1992 yil 3 mart kuni qabul qilingan. U qizil törtburçak şaklida bölib, örtasida oltin rangda tovlanuvçi quyoş nurlari va qirğizlarning an’anaviy uyi — ötovning yuqori qismi tasvirlangan.
Qirğizistonda bayroq rangi va madhiyasidagi sözlarni özgartiriş masalasi birinçi marta muhokama qilinmayapti.
2011 yilda parlament fraksiyalari deputatlari, şuningdek, jamoatçilik vakillaridan iborat komissiya madhiya matnidagi 5-6 ta söz noaniq eşitilişini qayd qilib, ularni yanada jöşqin va mazmunli sözlar bilan almaştiriş zarur degan xulosaga kelgan edi. Şuningdek, bir guruh deputatlar davlat bayroğidagi qizil rang tajovuz va uruşni anglatişini ta’kidlagan edi.












