Özbekiston elçixonasida elçi Uluğbek Maqsudov Saudiya Arabistonining K-Dot Partners kompaniyasi ijroçi direktori Faysal al-Dovud bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot çoğida Saudiya Arabistoniga Özbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda işga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.

Saudiya vakili Özbekistonda Dhaef Global Recruitment kompaniyasini taşkil etganini ma’lum qildi va mazkur kompaniya Saudiya Arabistoniga özbekistonlik işçilarni qonuniy tarzda jalb etişga kömaklaşişini bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, işga qabul qilingan va şartnoma imzolagan işçilar Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlaniş vazirligi tomonidan mutaxassisligi böyiça işlab çiqilgan «Musanid» platformasi orqali viza bilan ta’minlanadi.

Dhaef Global Recruitment ayni paytda Özbekistondagi Hilton Academy öquv-maşğulot markazi bilan hamkorlik örnatib, işga jalb etilganlarni tajriba könikmalari, ingliz va arab tili böyiça bilimlarini oşiriş böyiça qisqa muddatli öquv kurslarni taşkil qilgan. Özbekistonda amaliyot ötab, podşohlikka kelgan işçilar uşbu davlatdagi «Mahara» öquv markazida takroran amaliyot ötaydi va öz mutaxassisligi böyiça işga taqsimlanadi.

Qayd etilişiça, xizmat körsatiş, aviatsiya, tibbiyot, qişloq xöjaligi, quriliş sohalariga Özbekistondan malakali işçilarni jalb etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, Saudiya Arabistonida oşpaz va ofitsiantlarga talab yuqori bölgani bois mazkur yönalişda ham işçilarni yollaş nazarda tutilmoqda.

Uçraşuv yakunida K-Dot Partners kompaniyasi ijroçi direktori Faysal al-Dovud boşçiligidagi delegatsiyaning joriy yil 30 noyabr-5 dekabr kunlari Özbekistonga amaliy safarini taşkil etiş hamda mamlakat tegişli vazirlik va idoralari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralarini uyuştirişga kelişib olindi.