Farğona şahri Yangi Asr köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan bino yonidan 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilgan holat yuzasidan yangi tafsilotlar oçiqlandi.

Qizaloqning yaqinlari tomonidan berilgan ma’lumotlarga köra, 19 iyul kuni özlariga taniş bölgan oila farzandi — 2006 yilda tuğilgan, Farğona şahridagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi qizning uyiga kelib onasi uni çaqirayotganini aytgan va uydan olib çiqib ketgan. 11 yoşli qizaloq ota-onasining yolğiz qizi bölgan.  

«Qizimning quloği tagiga temir bilan urişgan. Keyin bittasi uyidan adyol olib çiqib, uçta bola nima qilsa qilibdi», deydi alam bilan marhum qizning otasi.

Boş prokuratura matbuot xizmati voqea sodir bölgan kuni gumonlanuvçining yonida bölgan ikki nafar şerikning uşbu jinoyatga aloqadorligi ham tekşirilayotganini bildirgan.

Ma’lum bölişiça, hodisa sodir bölgan kuni qizning onasi köriçak xuruji bilan operatsiya bölgan.

«19 iyul kuni soat olti yarimlarda apenditsitim uşlab qolgandi. Domkomimiz tez yordam çaqirib berdi. Öğlim men bilan birga tez yordam maşinasida banisaga bordi. UZIga tuşdim. Öğlimga: «Pasportim kerak ekan, borib olib kelgin», deb aytdim», degan marhumning onasi Qizlarxon Isomiddinova Vodiy24 kanaliga bergan intervyusida.

Marhumning onasi Qizlarxon Isomiddinova. Foto: Vodiy24

Ayol şifoxonada yotgan vaqtda oilaga taniş oilaning öğli (gumondor) kelib, Marjonani onasi çaqirayotganini aytib, olib çiqib ketadi. Qizning otasi uning sözlariga işonib, farzandini u bilan birga yuboradi.

«Öğlim onasini banisaga taşlab keldi. Operatsiya bölgandi soat 12 da. Bolalarim öşa yerda kutib turişdi. Operatsiya tugagandan keyin döxtirlar öğlim bilan qizimga «uyga boraveringlar», deyişibdi. Menga telefon qilişgandi: «Qaytaveringlar!» deb aytdim. Qizim akasi bilan uyga keldi.