Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni ötkazilgan videoselektorda Farğona, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlari hokimlari Şuhrat Ğaniyev, Farhod Ermanov va Zafar Röziyevni qattiq tanqid qilgandi. Prezident hokimlarga «Obod qişloq» dasturi amalga oşirilişida yöl qöyilgan kamçiliklar uçun tanbeh bergan va ulardan buziliş işlaridan jabr çekkan aholi vakillaridan uzr söraşni talab qilgandi. Kun.uz ixtiyoriga öşa videoselektordan videoyozuv kelib tuşdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

https://mover.uz/video/embed/fg2hgcEm/

 

Prezident dastlab Xorazm viloyatida röy bergan voqealarga töxtalib, viloyat hokimi Farhod Ermanovni öziga duşmanlik qilişda ayblaydi.

«Mening siyosatimga eng katta duşmanlik qilganlardan biri — Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov. Ermanovga internetdagi izohlardan senga va senga öxşagan noinsoflaringga «tabrik» jönataman.

Sen va mening siyosatim töğrisidagi bugun çiqqan izohlarni öqi. Sen noinsof menga döst bölsang, buziş qölingdan kelmas ekan, nima qilasan u yerni buzib? Mana, izohlarni öqi.

Atrofingda ötirgan odamlaring bilan mana menga qilgan duşmanliklaring. Buzişdan oldin kallang bilan öylab körmaysanmi, buzgandan foyda bormi yoki yöq? 

Bularni öqib men qanday kabinetimda tinç ötira olaman?» — degan prezident.

«Yakkaboğ voqealari»ga töxtalib ötgan prezident Qaşqadaryo viloyat hokimi Zafar Röziyevga ham tanbeh bergan.

«Qaşqadaryoning vallomati bor, Röziyev degan, 5 yil qişloq xöjaligi vaziri bölib işlagan noinsof. DXX rahbari borganidan söng çiqqan izohlarni öqi. Bitta jinning qarindoşi bilan janjal qilib, mening siyosatimni butun dunyoga şarmanda qildi. Özimni tumanim, u qilaman, bu qilaman, deysan. Bitta tuzukroq kadring yöq, yana Dehqonobodga tirmaşasan. Mana, menga qilgan «döstliging». Özbekistondagi hozirgi oşkoralik, şaffoflikni ta'minlay, deb keçayu-kunduz yuritayotgan siyosatimga atrofingdagilar bilan qilgan «döstliging».