Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) korzinka.uz uluşini sotib oldi. Bu bank uçun mamlakatdagi oxirgi 10 yilda amalga oşgan birinçi kapital sarmoyadir. 

YeTTB Singapur qonunlari asosida tegişliça taşkil topgan va Anglesey Food MÇJga 100 foiz egalik qiladigan kompaniya Anglesey Investmens’ga 40 million AQŞ dollargaça kapital sarmoya kiritib, kompaniyaning kiçik uluşini sotib olyapti.

2023 yilgaça korzinka.uz dökonlari sonini 3 barobarga köpaytiriş bilan birga, kiritilayotgan sarmoya korporativ boşqaruvni rivojlantiriş va ekologik va ijtimoiy standartlarni qöllab-quvvatlab soğliqni saqlaş va xavfsizlik tartibi va uning amaliyotini kompaniyada tatbiq qilişga yordam beradi

2019 yilda YeTTBning 500 million yevrodan ziyod sarmoyasi mamlakatdagi 13ta loyihaga kiritildi va şundan 9ta loyiha xususiy sektorga tegişli. Bugungi kungaça, YeTTB Özbekiston iqtisodiyotiga 79 ta loyihalar orqali 1,85 mlrd. yevro sarmoya kiritgan.