Ayni paytda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.

Yiğilişda 2018 yil yanvar-fevral oylarida tovar va xizmatlarni eksport qiliş topşiriğini bajariş holati, bu borada yöl qöyilayotgan kamçiliklar, ularni bartaraf etiş, mavjud zaxiralarni aniqlaş va töliq işga soliş çora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.

«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, videoselektorda Şavkat Mirziyoyev barça vazirlik, assotsiatsiya va hokimliklarga raqobatbardoş mahsulotlarni işlab çiqarişni yölga qöyiş borasida keskin fikrlarini bildirdi.

Mutasaddilarga mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlarni çuqur örganib, tahlil qiliş masalasi yuklatilib, mahalliy bozorni özimizda işlab çiqarilgan mahsulotlar bilan töldiriş eng dolzarb vazifa ekanligiga töxtaldi. 

Joriy yilning yanvar oyida import hajmi 57 foiz, ya'ni 412 million dollarga oşib ketgani aytilib, eksportni importga nisbatan hajmi paysayib ketgani tanqid ostiga olindi.     

«Eksport va import bilan şuğullanayotganlarga nisbatan iş uslubi butunlay özgartiriladi. Endi eksportyorga  «siz» importyorga «sen» deb murojaat qilamiz. Eksportyorlarga barça şaroitlar yaratilib, importyorlarga yangiça işlaşni, investitsiya olib kirib, mahsulot işlab çiqariş borasida tuşunçalar beramiz», degan prezident.

Bu boradagi işlarni tizimli ravişda olib boriş maqsadida işçi guruh tuzilib, unga Boş vazir Abdulla Aripov rahbarlik qilişi aytildi. Boş prokuror Otabek Murodov işçi guruhga yaqindan yordam beradi.