Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi ştammi Özbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda oğir keçişi töğrisidagi audio tarqaldi. Şuningdek, Toşkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi ştammi qayd etilgani aytiladi.

“Gap bundoq, fevral oyidan boşlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana oçilarkan. Yangi ştammda burun bitib, tomoq yiringlaşi, iç ketişi bilan keçarkan. Kasallik juda keskin keçarkan. Kimda kuzatilsa darhol şifokorga murojaat qilsin”, – deydi kimligi noma'lum bölgan erkak. 

Kun.uz miş-mişlar böyiça izoh oliş uçun Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nurmat Otabekov bilan boğlandi.

“Özbekistonda koronavirusning yangi ştammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi ştammga ham xos bölişi mumkin. Yangi ştamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot çoralarini susaytiriş yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yaşayapmiz.

Karantin çoralarining fevral oyida kuçaytirilişi haqidagi gaplar örinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror çiqarişi mumkin. Bunday qaror çiqarilganda esa rasman e'lon qilinadi.

Özbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Şu jumladan, Toşkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi ştamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. Öşa fakultet talabalariga ma'lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot. 

Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka beriliş, himoya va gigiyena qoidalarini unutiş töğri emas. Ehtiyot çoralari hamon amalda”, – dedi Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.