Qişloq xöjaligidagi islohotlarning borişi, klasterlar oldidagi muammoli masalalar va ularning yeçimlarini körib çiqişga bağişlangan videoselektor yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev ğalla yetiştiriş tizimi kelgusi yildan töliq bozor munosabatlariga ötkazilişini ma’lum qildi.
«Ğalla yetiştiriş tizimi kelgusi yildan töliq bozor munosabatlariga ötkaziladi. Avvalambor, kelgusi yildan ekinlarni joylaştiriş tartibi saqlangan holda, ğallaçilik klasterlari va fermerlarga yetiştirgan buğdoyni bozor narxida töliq erkin sotiş huquqi beriladi.
Bunda, har bir ğallaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna ğallani birja savdolariga erkin narxlarda çiqaradi. Qolgan hosilni esa töğridan töğri sotiş huquqi beriladi.
Qişloq xöjaligi jamğarmasidan ğalla yetiştirişni imtiyozli kreditlaş tartibi kelgusi 3 yilda saqlab qolinadi va bunga yiliga 5 trillion söm yönaltiriladi.
Jamğarma 2,5 million tonna ğallani birjadan bozor narxlarida davlat zaxirasi uçun sotib oladi.
Sotib olingan zaxira ğalla donni saqlaş quvvatlari mavjud ğallaçilik klasterlariga, tanlov asosida saqlaş uçun joylaştiriladi.
Şuningdek, «Özdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalari negizida ğalla klasterlari taşkil etiş uçun, ular oçiq savdolarga çiqariladi.
Yana bir masala – joriy yilda davlat zaxirasiga sotib olingan ğalla hisobiga, klasterlarning qöşimça xarajatlarini qoplaş uçun, har bir kilogramm buğdoyga 350 sömdan, jami 800 milliard söm ajratiladi», dedi prezident.












