Jamiyat | 11:23 / 16.01.2019
8504
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yosh olimlar faoliyatidagi muammo va yechimlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida «O‘zbekistonda «Yosh olimlar» faoliyatida muammo va yechimlar yoshlar tahlilida» mavzusida «Yoshlar press klubi»ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi «Respublika yosh olimlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori Kamoliddin Mirzaahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Yosh olimlar» Kengashi direktor o‘rinbosari Gulsanam Tillayeva, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi Boshqarma boshlig‘i – Bahrom Ismoilov va Intellektual mulk agentligi mutaxassisi Sherzod Abdunabiyevlar spiker sifatida qatnashdi.

Mazkur muloqotda yosh olimlar faoliyatidagi muammo va yechimlarni bartaraf etish va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarining natijadorligini oshirish, ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng asosiysi esa, ularning ilm-fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.

— Amaliyotda ishlab chiqarish sub'yektidagi muammolarni ulardan kelib chiqqan holda kadr tayyorlash, mana shu nazariyaning bozorga xizmat qilish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish masalasi ustida ish olib borilyapti. Shuningdek, Oliy ta'lim muassasalarining ham o‘quv bilan birga moddiy texnik bazasi ham o‘rganib chiqildi. Hattoki, «3+1» loyihasi ya'ni 3 yil nazariy ta'lim, 1 yil amaliy ta'lim tizimiga o‘tish yo‘li va amaliyot soatlarini ko‘paytirish kabi bir necha takliflar berildi. Viloyatlarda ilm-fan sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar amaliyot masalasi yuzasidan juda ko‘p murojaat qilishadi. Jumladan, talabalar amaliyot obektining bittaligi sabab yangi texnologiyalar ishlab chiqaruvchi joylarda samarali amaliyot o‘tash tashabbusini bildirishadi, – deydi «Respublika yosh olimlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori Kamoliddin Mirzaahmedov.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarga berilayotgan e'tibor, ularning faoliyatidagi mavjud muammolar hamda zamonaviy ilm-fanni puxta o‘zlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Yosh olimlar bilan ishlashda innovatsion klasterga o‘tish kerakligi ta'kidlandi. Chunki bu orqali ixtiro qilingan texnologiyaning amaliyotga tatbiq etilishi osonlashadi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan innovatsion grantlar ajratilishi bilan bog‘liq kamchiliklar mavjudligi aytib o‘tildi. Bunga javoban, sanoat sub'yektlarining ham, ishlab chiqarish sub'yektlarining ham innovatsion loyihalarini joriy etilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

— Ta'lim muassasalari uchun davomatni monitoring qiluvchi elektron tizim, elektron kutubxona, pochta xizmatining avtomatlashtirilgan tizimi, sharqshunoslik sohasida noyob kitoblarni o‘zbek, uyg‘ur va rus tillariga tarjima qiluvchi mobil ilovalar yaratuvchilariga mualliflik huquqi guvohnomasining topshirilishi yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashning yorqin namunasidir, – deydi Intellektual mulk agentligi mutaxassisi Sherzod Abdunabiyev. — 2019 yil 26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kunida ham bir qator yosh olimlar uchun maxsus guvohnomalarni taqdim etishni rejalashtirganmiz.

Muhokamada vazirlik, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida yosh olimlar bilan ishlashda ijtimoiy hamkorlikning mohiyati bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.

Bundan tashqari, tadbirda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi muammolarni bartaraf etishdagi muhim mexanizmlarni joriy etish, O‘zbekistonning global innovatsiyalar indeksida yuqori o‘rinlarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratishga doir mulohazalar va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga doir zarur takliflar bildirildi.

Muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 