Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 7 noyabr kuni tadbirkorlik va kiçik biznesni joylarda yanada rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlarni aniqlaş va işga soliş böyiça körilayotgan çoralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi.
Mazkur yiğilişida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş xususida prezident tomonidan hokimlarga qator tavsiya va topşiriqlar berilgandi. Prezident «Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş orqali erişiş mumkin», degan fikrni ilgari surib, hokimlar, sektor rahbarlariga tadbirkorlarga murojaat bilan çiqiş topşiriğini bergan edi.
Dastlab, 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda barça sektor rahbarlari iştirokida Navoiy şahridagi «Yoşlar markazi»da viloyatdagi tadbirkorlik va kiçik biznes vakillari bilan uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuvda hokim tadbirkorlarga murojaat qildi.

Uçraşuvda tadbirkorlar turli muammoli masala bilan viloyat hokimiga murojaat qilişdi hamda ularning murojaatlari mas'ul mutasaddilar tomonidan körib çiqiş uçun qat'iy vazifalar belgilandi. 5 nafar tadbirkorning muammosi joyida öz yeçimini topdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 12 noyabr kuni Samarqand şahridagi «Yoşlar markazi»da viloyat tadbirkorlariga murojaat bilan çiqiş qildi.

Uçraşuvda viloyat, tuman, şahar studiyalarida tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat körsatuvçi korxona va taşkilotlar mutasaddilari, barça sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot idoralari, sudlar va boşqa mutasaddi taşkilotlar mas'ul xodimlari iştirok etdi.
«Bundan buyon tadbirkorlikka kömak beruvçi mas'ul idoralar, 4ta sektor rahbarlari «Har bir tadbirkorga — kömakdoş, yelkadoş va madadkormiz!» mezoni asosida iş faoliyatimizni taşkil etamiz, — dedi Turdimov. — Bunda har bir idoraning kun tartibidagi ustuvor vazifasi — tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning dardini eşitiş va muammolarini hal qilişdan iborat böladi».













