Klaster tashkil etilmagan hududlarda fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tuziladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zpaxtasanoat» AJ, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020 yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
2020 yil hosilidan boshlab:
- paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
- paxta xomashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi;
- paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi (shu jumladan, urug‘lik paxta uchun amaldagi ustama to‘lash tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi va quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:
- kooperatsiya a’zolari bilan shartnomalar tuzish orqali paxta xomashyosi yetishtirish yuzasidan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta xomashyosi yetishtirish uchun zarur bo‘lgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
- kooperatsiya va ularning a’zolari o‘rtasida imzolanadigan shartnoma asosida kooperatsiya a’zolarini qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, shuningdek, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;
- paxta xomashyosini tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va tegirmon usulida qayta ishlashni shartnomalarga asosan amalga oshirish va vositachilik shartnomalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni tashkillashtirish;
- kooperatsiya a’zolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
- kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
- kooperatsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paxta xomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;
Respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun birjada boshlang‘ich narx shakllanishida amalda qo‘llanilayotgan 10 foiz miqdoridagi chegirma bekor qilinadi;
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z vaqtida mahalliy sharoitga mos sifatli urug‘lik bilan ta’minlash, tegishli tartibda ishlov berilmagan urug‘lik orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish, paxta xomashyosi hosildorligini izchil oshirib borish maqsadida 2020 yil hosili uchun urug‘lik chigit «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi urug‘chilik sexlari va paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yetkazib beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, har yili 1 dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar e’lon qilinishini hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
- paxtachilik sohasida klaster tizimini samarali tashkil etish maqsadida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni;
- paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan respublika hududlarida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy ravishda birlashishi asosida paxta tozalash korxonalari negizida paxta xomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar tashkil etishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining «O‘zpaxtasanoat» AJni tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan.
Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi «2020 yilda g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi 985-son qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi, shuningdek, qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyadagi «chet el agentlari» ro‘yxati jurnalistlar va blogerlar bilan to‘ldirildi
Jahon | 13:33
-
Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:10
-
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti
Jahon | 13:03
-
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

19:37 / 09.04.2025
Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

12:24 / 06.04.2025