22 oktabr kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Özbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Jumladan, «Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar örtasida turli bahs-munozaralarni keltirib çiqardi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.


Deputat Rasul Kuşerbayev fikriça, qonun loyihasida aholini iş bilan ta'minlaşdagi hozirgi real muammolar töla aks etmagan. Şu bois u Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga ayrim fikrlar bilan murojaat qildi.

«Janob vazir, 12 sentabr kuni nomzodingizni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma'qullaşdan avval sizga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasi (Pasport tizimi qoidalarini buziş-tah.) böyiça joylarda juda köp muammolar yiğilib qolgani, bu yönalişda aholining davlatga va qonunlarga bölgan salbiy fikri saqlanib qolayotgani hamda endilikda mavjud holatni yaxşilaş uçun nima iş qilmoqçisiz, deya savol bergandim.
Siz esa vazirlikda qiladigan birinçi işingiz şu yönalişda bölişini aytgandingiz.
Mana, aholini iş bilan ta'minlaş yönalişida yangi qonun qabul qilinmoqda, lekin unda holatni tuzatiş maqsadida yozilgan biror jumlani topolmadim.
Qaytaraman, har kuni aynan şu modda asos qilinib, respublikaning turli hududlaridan Toşkentga iş izlab kelgan yuzlab kişilar avtobuslarni töldirib IIB bölimlariga olib kelinadi va jarimaga tortiladi.
Ular işlagan pulini faqat jarimalarni tölaşga sarflaşmoqda.
Biz ular uçun amal qiliş deyarli imkonsiz bölgan qonunlarni yaratib qöyganmiz. Tasavvur qiling, Toşkentga iş izlab kelgan fuqaro turar-joy topişi, ma'lum tölovlar evaziga röyxatdan ötişi kerak. Röyxatdan ötişning özi uçun esa qançadan-qança hujjat töldiradi.
Biz bir hududdan ikkinçi hududga işlaş maqsadida köçib ötayotgan fuqarolar uçun yangi, yengilroq tizim qilişimiz kerak, bizga yangi yeçim kerak», – dedi Rasul Kuşerbayev.













