Uyqu sifatining yomonligi kamida 172 ta xastalik, jumladan, astmadan tortib temiratki virusigaça bölgan kasalliklarning köpayişi bilan boğliq. Yangi tadqiqotda 88 mingdan ortiq odam haqida töplangan bioma’lumotlardan foydalanildi, deb yozdi Science.
Xitoyning Pekin universiteti Tibbiyot ilmiy markazi tadqiqotida salomatlik va biosinovlar böyiça Britaniya bio-banki ma’lumotlaridan foydalanildi, bu tadqiqotçilarga iş uçun köproq material berdi.
Olimlar odamlarning sirkad ritmlari barqarorligi va ularning bir xil uyqu va uyğoniş vaqtiga qançalik izçil rioya qilişi kabi omillar örtasidagi boğliqlikni aniqladi.
Tadqiqotçilar agar odamda uyqu bilan boğliq yomon odatlar bölsa, kamida 92 ta kasallikning 20 foizi rivojlanişi mumkinligini misol qilib keltirdi. Xususan, agar odam soat 00:30 dan keyin, ya’ni uxlaş uçun ğayrioddiy vaqtda yotişga odatlangan bölsa, unga jigar sirrozi taşxisi qöyiş xavfi 257 foizga teng.
Bundan taşqari, kunlik uyqu tartibidagi sezilarli özgarişlar 6,8 yillik tadqiqot davrida gangrena ehtimolini 261 foizga oşiradi.
Maqolada tuşuntirilişiça, köpinça odamlar keçqurun ozgina spirtli içimlik içadi va şunga köra keç yotadi. Ehtimol, aynan şu odat jigar sirrozi xavfi bilan boğliq bölişi mumkin.
Şuningdek, agar odamning uyqu vaqti har kuni özgarib tursa, u boşqa odatlarga, masalan, parhez yoki jismoniy faollikka kamroq rioya qiladi, degan taxmin ham bor. Ma’lumki, bu odatlar boşqa köplab kasalliklar bilan ham boğliq.
«Bizning xulosalarimiz muntazam uyquning ahamiyati yetarliça baholanmaganini ta’kidlaydi», dedi katta tadqiqotçi Şenfen Van.
Uning ta’kidlaşiça, keç yotiş zararli bölsa-da, e’tibor qaratiş kerak bölgan boşqa omillar ham bölişi mumkin.
Qayd etilişiça, agar odam ma’lum sabablarga köra soat 01:00 gaça yotişga ulgursa va ertalab kamida soat 08:00 gaça uxlasa, bu unçalik yomon emas.
Har qanday holatda ham, deyiladi maqolada, öz hayotiy tanlovni şubha ostiga qöymaslik kerak. Faqat ular tufayli uyquni yöqotmaslik lozim.












