Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uçun möljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matnini töliq holda keltirdi.

Hurmatli senator va deputatlar!

Qadrli yurtdoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirişning eng muhim ustuvor vazifalari töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etişga ruxsat bergaysiz.

Bugun biz şiddat bilan özgarib borayotgan zamonda yaşamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kuraşi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlaşib bormoqda.

Biz kelgusi yil uçun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana şunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yönalişlarini aniq-ravşan belgilab olişimiz zarur. 

Aziz döstlar!

Biz har bir yilga ezgu niyat bilan nom beramiz va öz oldimizga ulkan marralarni qöyamiz.

Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining «Al-Jomi' as-Sahih» asari «Barça ezgu amallar niyatga boğliq, har bir kişiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi» degan hadis bilan boşlanişida albatta juda çuqur ma'no bor.

Biz 2018 yilga «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion söm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oşirganimiz ötgan yili yaxşi niyat bilan boşlagan işlarimizning natijasini körsatib turibdi.

Sanoat, qişloq xöjaligi, kapital quriliş, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat körsatiş sohalarida salmoqli yutuqlar qölga kiritildi. 

Ayniqsa, har qaçongidan ham oğir bölgan bu yilgi mavsumda mirişkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida ta'kidlaşni istardim. 

Aholi farovonligini oşiriş maqsadida joriy yilda iş haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori ötgan yillarga nisbatan sezilarli ravişda oşirildi.

Xususan, pedagog xodimlarning iş haqi sönggi 10 yilda birinçi marta 50 foizgaça köpaytirildi.

Körilgan çora-tadbirlar tufayli, aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oşdi.