11 Iyun

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yaqindan yordam berish Andijon viloyati faollariga yuklatilgan. Hozirda andijonlik mutasaddilar, tadbirkor hamda fermerlar Kegeylida faollik ko‘rsatishmoqda.

9 Iyun

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021 yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Amanbay O‘rinbayev bayonotini yakunlagach, Xo‘jayli tumani 37-sonli "Suyenli" saylov okrugidan Jo‘qarg‘i Kengesga saylangan deputat Tabassumxon Ro‘zmetova Xo‘jayli tumanida ayol yosh bolalarini kaltaklab, xo‘rlagani voqeasi yuzasidan vazirga savol berdi.

4 Iyun

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021 yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Vazir Amanbay O‘rinbayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda sodir qilingan 3 mingdan ziyod jinoyatlarning 40 foizini oldini olish mumkin bo‘lgan.

2 Iyun

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

1 Iyun

Prezident tomonidan “Qoraqalpog‘iston shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. 

31 May

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sharqiy tumanlarida ko‘payib borayotgan mazkur turdagi tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy lotereya o‘yinlari “to‘riga” asosan migrantlar ilinyapti. Tashkilotchilar fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali o‘yinda ishtirok etish uchun har bir lotereya chiptasini 200-250 ming so‘m yoki 1500 rublgacha pullamoqda. Bu qonunchilikka zid.

29 May

Lacetti haydovchisi mast holatda bo‘lgan.

26 May

Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan loyiha mualliflaridan biri Beknazar Abdikamalov bungacha Amazon’da ishlagan. Loyiha bosh muxandisi Aziz Murtazayev esa Facebook sobiq dasturchisi hisoblanadi.

21 May

Vazirlar Mahkamasining “BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘arma ishtirokida Orolbo‘yi mintaqasida ko‘llar va suv-botqoqli yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

20 May

Vazirlar Kengashining tegishli qarori bilan Qoraqalpog‘istondagi har ikkala vazir Prezident tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.

16 May

Beruniy tumanida tanishlariga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

9 May

O‘zbekistonning Londondagi sayyohlik elchisi Sofi Ibbotson Mo‘ynoqning turistik salohiyatini oshirish haqida fikr bildirib, Nukus xalqaro aeroportining shahardan uzoqligi, Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘llar nosozligi hamda infratuzilma qoniqarli darajada emasligini ta’kidlagan.

Ko`proq yangiliklar
Top