10:24 / 16.05.2022
7042

Qoraqalpog‘istonda “prava”ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi qo‘lga olindi

Beruniy tumanida tanishlariga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida  “B.A.” MChJ o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishiga avto o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Andijon shahrida 10 kunda «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlangandi. 

Top