08:08 / 03.06.2015
4081

Luis Enrike YeChL finali borasidagi fikrlarini aytib o‘tdi

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike 6 iyunda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finali borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

“Men 2006 yili Parijdagi finalga muxlic sifatida tashrif buyurganman. O‘shanda men farzandlarim va do‘stlarim bilan vaqtimni chog‘ o‘tkazgan edim. Ajoyib safar bo‘lgandi.

“Yuventus” ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Finalga boshqa o‘yinlarga tayyorlanganimiz kabi tayyorlanamiz. Bizning ko‘pchilik futbolchilarimiz uchun bu birinchi final emas. Har doimgidek to‘pni ushlab turishga harakat qilamiz. To‘p bizda bo‘lganda imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishimiz kerak.

To‘p raqibda bo‘lganda pressing qilishga harakat qilamiz. Biz Angliya, Germaniya va Fransiya chempionlari bilan o‘ynadik, shuning uchun bizda ekstra darajadagi jamoalar bilan o‘ynash borasida tajriba bor.

Chempionlar Ligasidagi g‘alaba bizga mavsumdagi uchinchi unvonni olib kelishi mumkin va bu holat klubdagi barchani hayajonga solmoqda. “Barsa” bunday yutuqqa faqat bir bora erishgan. Bu ushbu masalaning qiyinligidan darak beradi.

G‘alaba qilish uquvini isbotlash kerak. “Yuve” bizning jamoadan hech jihati bilan qolishmaydi.

“Barselona” muxlislari stadionlarda doimo jo‘shqin muhitni yaratadilar va hech qachon taslim bo‘lmaydilar. Ular – dunyodagi eng zo‘r muxlislardir.

Aminmanki, Lionel Messi Ispaniya kubogida “Atletik”ka qarshi o‘yinda urgan goliga o‘xshash golni istalgan jamoaga ura oladi.

“Yuve” borasida meni nima xavotirlantiradi? Hamma narsa. Ularda o‘yinning borishini belgilovchi futbolchilar bor. Men Andrea Pirlo o‘yinga kuchli ta'sir qilishini istamasdim, axir men u nimalarga qodirligini bilaman. Ularda to‘pni oldinga tez yetkazib bera oladigan a'lo darajadagi himoyachilar bor.

Buni Janluiji Buffon ham qila oladi. Alvaro Morata turinliklarning o‘yinini kuchaytirdi, unda to‘pni sezish hissi yaxshi rivojlangan. Karlos Teves esa ekstra-klass o‘yinchisi.

Lionel Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Balki butun futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchidir. U futboldan zavq oladigan o‘yinchilarga asoslangan “Barsa” tizimiga a'lo darajada moslasha olgan. Messi – eng yaxshi o‘yinchi, biroq unga jamoaning qolgan o‘yinchilari ham a'lo darajada yordam beradilar”, deb aytmoqda Enrike.

Top