Farğonada 105 bolaning zaharlaniş işi: aybdorlarga hukm öqildi
Farğonada 105 nafar boğça bolasining ommaviy zaharlanişiga sabab bölgan «Garden catering trade» MÇJ rahbari, direktori, texnologi va hisobçisi sudlandi.
2026-yil 20-fevralda bolalarga yetkazib berilgan göştli dölma tarkibidan Salmonella va Staphylococcus aureus bakteriyalari aniqlangan. Tekşiruvda jamiyat oşxonasidan olingan namunalarda ham xavfli bakteriyalar topilgan.
Sud hujjatlariga köra, jamiyat mansabdorlari soxta hisobotlar orqali byudjet mablağlarini özlaştiriş, öğrilik va hujjatlarni qalbakilaştirişda ham aybli deb topilgan. Ularga 3 yildan 3 yil 6 oygaça ozodlikni çeklaş yoki axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan va sud zalida ozod qilingan.
«Garden catering trade» Farğona viloyatidagi 238 ta davlat boğçasiga ovqat yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzgan. Avvalroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi kompaniyaning tendersiz tanlanişini qonunbuziliş deb topgan, biroq hokimlik bu holatni bartaraf etiş çoralarini körmagan.
«Dok-1 Maks» jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölab berilmoqda
«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilaridan jabrlangan oilalarga kompensatsiya tölaş uçun davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratildi.
Avvalroq 90 nafar jabrlanuvçiga jami 82 milliard söm kompensatsiya tölaş belgilangan, ammo mablağning faqat 16,8 milliard sömi tölangan edi.
Hozirgaça 88 nafar jabrlanuvçiga jami 80 milliard söm tölab berildi. Şundan 72,2 milliard söm vafot etgan 72 nafar bolaning oilalariga, 7,8 milliard söm esa davolangan va davolanayotgan 16 nafar bolaning oilalariga berildi.
Qolgan 2 milliard söm bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilgaç, yana ikki nafar bolaning oilalariga tölanadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev kompensatsiya tölovlarini tezlaştiriş böyiça topşiriq bergan. Byudjetdan ajratilgan mablağ aybdorlarning mol-mulkini sotiş va ulardan undirilgan pullar hisobidan davlatga qaytariladi.
















