Özbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Özbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boşqaruv raisi Şokir Fayzullayev Özbekiston iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni mordernizatsiyalaş, sanoat işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 12news.uz naşriga Özbekiston hukumat doiralaridagi manba ma'lum qildi.

Manbaning aytişiça, Fayzullayev yangi lavozimda iqtisodiyotning tarkibiy özgarişlarining örta muddatli prognozlarini işlab çiqiş, rivojlantiriş dasturlari, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va texnologik qayta jihozlaş, işlab çiqarişlarni mahalliylaştiriş, resurs tejovçi ilğor texnologiyalarni tatbiq qiliş, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning optimal sur'atlari va mutanosibliklarini ta'minlovçi zamonaviy infratuzilma, telekommunikatsiya aloqalarini rivojlantiriş, mineral va xomaşyo zaxiralaridan oqilona foydalanişni boşqaradi.

Öz navbatida, “Özbekneftgaz” MXK rahbari etib bungaça xolding rahbari birinçi örinbosari lavozimini egallagan Alişer Sultanov tayinlandi.