Bugun, 18 sentabr kunining ikkinçi yarmida, soat taxminan 18:30da Toşkent şahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - "Leto bar") yonğin kelib çiqdi.

Toşkent şahrining Amir Temur şohköçasi va Şahrisabz köçalari kesişmasida joylaşgan «Wyndham Tashkent» (sobiq «Dedeman») mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida yonğin bölayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Tasvirda «Oloy» bozori yaqinida, YuMS binosi röparasida joylaşgan mazkur inşootning kiriş qismi yonayotganini köriş mumkin.
Olingan tezkor ma'lumotlarga köra, hozirda yonğinni öçiriş uçun törtta yonğin öçiriş maşinalari jalb qilingan.

Kun.uz muxbirining voqea joyidagi guvohlardan ma'lumot olişiça, bugun kunning birinçi yarmida şu bino tomida maxsus xodimlar qişki mavsumga tayyorgarlik doirasida iş olib borişgan va olov yoqişgan.
Muxbirning ma'lum qilişiça, hududga olib keluvçi köçalardan biri yopilgan.
Voqea joyiga Tez tibbiy yordam maşinalari yetib kelgan.












