Bugun britaniyalik taniqli rok ijroçisi Devid Boui 69 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda artistning Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali xabar qilindi.

“Devid Boui 18 oy mobaynida saratonga qarşi mardonavor kuraşib, bugun oilasining davrasida olamdan ötdi”, - deyiladi xabarnoma matnida.
2016 yilning 8 yanvar kuni Bouining Blackstar nomli yangi albomi çiqqan edi. Tanqidçilar uni san'atkor ijodidagi eng qiziqarli va ekstremal albomlardan biri deb baholadi.