"Vikipediya" 2016 yilda eng köp tahrir qilingan maqolalar röyxatini taqdim qildi. Bu haqda Digital Trends xabar bermoqda.
Internet-resurs ma'lumotlariga köra, 2016 yilda hayotdan köz yumgan maşhur odamlar: qöşiqçi Devid Boui, boksçi Muhammad Ali, fazogir Jon Glenn va boşqalar haqidagi maqolalar eng köp tahrir qilingan. Umumiy holda "2016 yilda vafot etganlar" toifasidagi materiallar 18230 marta özgarişlarga uçragan.
Keyingi 4 ta örinni siyosiy voqealar bilan boğliq maqolalar egallagan. Misol uçun, Donald Tramp haqidagi maqola 8933 marta tahrir qilingan. Şuningdek, bu röyxatga "AQŞdagi prezident saylovlari", "Xillari Klinton prezidentlik kampaniyasini qöllab-quvvatlaş" va "Respublikaçilar partiyasi "prezidentlik" praymerizlari" maqolalari kirdi.
Bundan keyin reytingda Orlandodagi Pulse klubida sodir etilgan otişma haqidagi maqola kelmoqda (5540 marta tuzatiş). 7-örinni Argentinadagi eng uzoq davom etgan raqs musobaqasining oxirgi mavsumiga bağişlangan "Bailando 2015" nomli maqola egallagan (5432 marta tuzatiş).
E'tiborlisi, 10-örinni "Janubiy Koreya musiqasi 2016" maqolasi (5074 marta tuzatiş), 12-örinni esa rassom Vinsent Van Gog haqidagi maqola (3551 marta tuzatiş) egallagan.












