29 fevral kuni Moskvadagi "Oktyabrskoye Pole" metro bekati oldida qölida 4 yoşli bolaning boşi bilan uşlangan va gödakning qotilligida gumon qilingan muhojir ayol öz qilmişiga iqror bölgan. Bu haqda huquqni muhofaza qiliş organlariga asoslanib, "Interfaks" xabar tarqatgan.
Manbaning aytişiça, tergovçilar gumonlanuvçi Gulçehra Boboqulovadan jinoyatning tafsilotlarini bilib olişgan.
Ayni vaqtda qotillik sodir etilgan kvartirada tekşiruvlar davom etmoqda.
Bundan oldinroq, tergovda bu ayol turmuş örtoğining xiyonatidan keyingi ruhiy tuşkunlik oqibatida bu işni sodir etgani haqida ma'lumot berilgandi.











