Moskvadagi Özbek milliy-madaniy avtonomiyasi kengaşi raisi Xabib Abdullayev Moskvada 4 yoşli qizçani öldirgan özbekistonlik ayolning millatiga urğu bermaslikni iltimos qildi. Abdullayev bu haqda "Govorit Moskva" radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.

"Fikrimça, bu yerda millat – ikkilamçidir, bu qandaydir aqldan oziş bölgan. Biz bundan larzaga keldik. Bu yerda gap millatda emas, balki bunday işlarga qodir bölgan odamning şuursizligidadir. Muhojirlar jinoyatlar, jumladan kutilmagan jinoyatlar sodir etişi – bu, albatta, hamma biladigan faktdir", deb ta'kidlab ötdi Abdullayev. Uning aytişiça, bunday jinoyatlar özbeklar orasida juda kam yuz beradi.

Eslatib ötamiz, 29 fevralda Moskvadagi "Oktyabrskoye Pole" metro stansiyasi yonida özbekistonlik Gulçehra Boboqulova kiçik yoşli bolaning qotilligida gumon qilinib qölga olingan. Xijob örab olgan qotil qölida tanasidan judo qilingan bolaning boşini uşlab turgan va özini portlatişi bilan tahdid qilgan.

Ayol şu kuni avvalroq özi enaga bölib işlagan oilaning uyidagi 4 yoşli qizçasini öldirib, uning boşini tanasidan judo qilib, jinoyatni amalga oşirgan uyga öt qöygan. Uşbu qotillik yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Guvohlarning aytişiça, ayol bolaning boşi bilan birga metro oldida 20 daqiqaga yaqin yurgan.

Moskvadagi qotil-enaga tergovda öz jinoyati sababini aytdi