Moskvada mudhiş qotillikka qöl urgan asli özbekistonlik mehnat muhojiri işi böyiça navbatdagi ma'lumotlar ayon qilinmoqda.

Voqea 29 fevral kuni tongida, Moskva şahridagi Narodnogo Opolçeniya köçasida sodir bölgan. Xonadonlardan birida enaga sifatida işlagan Gulçehra Boboqulova özi qarab turgan 4 yoşli gödakni öldirgan va uning boşini kesib olib, polietilen paketga solgan va "Oktyabrskoye pole" metro bekatiga yöl olgan. Uni şubhali harakatlari uçun metro bekati eşigi oldida hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatişgan. Şu vaqtda ayol sumkadan qizçaning boşini çiqargan va baqira boşlagan. U özini portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan.

Avvaliga uning yonida rostdan ham portlovçi qurilma borligidan gumon qilib, darhol qölga olişmagan. Bu vaqtda metro bekatiga kiriş tösib qöyilgan. Uning yonida portlovçi qurilma yöqligiga işonç hosil qilinganidan keyingina u qölga olingan.

Rossiya Tergov qömitasining poytaxt böyiça bölimi vakili Yuliya Ivanova "Korrespondent.ru" muxbiriga qotil-enaga işi böyiça tafsilotlarni ma'lum qildi.

"Ayni vaqtda jinoyatçi ayol hibsda. U bilan tergovçilar işlaşmoqda. U dastlabki tergovda jinoyatiga undagan sabablar haqida ma'lum qilgan", deydi Ivanova.

39 yoşli özbekistonlik, Gulçehra Boboqulova ism-şarifli bu ayolning tan olişiça, u turmuş örtoğining xiyonati ortidan bu qabihlikka qöl urgan.

Ayol söroq qilinganda, uni bu qotillikni amalga oşirişga erining xiyonati majbur qilganini aytgan. Biroq şu bilan birga, ayol bu holat u enaga bölib işlagan oilaga qanday aloqasi borligini tuşuntirib bera olmagan. Boboqulovaning tan olişiça, u öz jinoyatiga köproq e'tiborni jalb qilmoqçi bölgan va yaşirinişni möljallamagan.

Tergovda ma'lum bölişiça, Boboqulova uy egalari özlarining katta farzandlari bilan kvartiradan ketişlarini poylab, uyda qolgan qizçani öldirgan, söngra kvartiraga öt qöyib, çiqib ketgan. Yonğin öçirilgandan keyin qizça tanasi aniqlangan. Uy egalarining aytişiça, Boboqulova ularning uyida bir yil davomida işlab kelgan. Ayol yaxşi mutaxassis bölib tuyulgan. Qizçaning ota-onasining aytişiça, ayol oxirgi vaqtlar eri bilan munosabatlari yomonlaşganidan şikoyat qilgan.

Endilikda bu ayol oilaga qanday qilib kelib qolganini aniqlaş talab etiladi: maxsus agentlik orqalimi yoki köçadanmi? Agar birinçi variant töğri bölib çiqsa, buning uçun kimdir javob berişi kerak böladi.

Şuningdek, uning muqaddam ruhiy muammolari bölgan-bölmagani aniqlanmagan. Avvaliga uni maxsus ruhiy da'volaş kurslaridan ötkaziş rejalaştirilgan. Buning foydasi bölsa, sud boşlanadi. Agar u tuzalmasa, umrbodga jinnixonada qolişi mumkin.