Samarqand viloyat Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri, Moskvada vahşiy qotillik amalga oşirgan enaga Gulçehra Boboqulova haqiqatdan ham kasalxonada “ötkir şizofreniya” kasalidan davolangan va psixiatr röyxatda turganini tasdiqladi.
"Gulçehra Boboqulova 2003 yildan buyon bizning muassasamizda "ötkir şizofreniya xastaligi" taşxisi bilan hisobda turgan", deya ma'lum qilgan Samarqanddagi dispanser vakili RIA Novosti agentligiga.
Şifokorlarning ma'lumotlariga köra, u bir neça bor statsionar davolaş muassasalarida davolangan. U tez-tez öz harakatlari ustidan nazoratni yöqotib turgan.
Bundan oldinroq, Gulçehra Boboqulovaning dugonasi Aziza Gadoyeva uning Özbekistonga oxirgi taşrifi vaqtida özini öta tajovuzkor tutgani haqida aytgandi. Gadoyevaning fikriça bunga uning xuştori sabab bölgan.
Rossiya Tergov qömitasi ma'lumotiga köra, 29 fevral kuni Moskva şahri “Oktyabrskoye pole” metrosi stansiyasida qölida yoş bola boşini uşlab olgan ayol qölga olindi.
Ma'lum bölişiça, 1977 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Gulçehra Boboqulova Moskva şahridagi Narodnoye opolçeniye köçasidagi köpqavatli uylarning birida istiqomat qiluvçi oilada enaga bölib işlagan. Taxminlarga köra, ayol qizçaning ota-onasi uydan çiqib ketişlarini kutgan va şundan söng qizçani öldirib, kvartiraga öt qöygan va telbanamo ahvolda köçaga çiqib ketgan. Yonğin öçirilgaç, qizaloqning boşsiz tanasi aniqlangan (ilk ekspertiza xulosalariga köra, qizaloq avval böğib öldirilgan va şundan söng boşi tanasidan judo qilingan bölişi ham mumkin).
Manbalarda aytilişiça, uning bu harakati radikal ekstremistlar tomonidan uyuştirilgan. Ayolning uşbu “mutlaq tuşunarsiz” xatti-harakati tufayli, Tergov qömitasi unga darhol asab-ruhiy ekspertiza ötkazişni belgiladi.
Manba: Moskvada 4 yoşli qizçani öldirgan qotil-enaga şizofreniyadan aziyat çekkan











