Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi«Özbekneftegaz» Milliy holding kompaniyasi bilan joriy yilda 4 mlrd kub gaz xarid qiliş böyiça kelişuvga erişgan. Bu haqda "Praym" naşri xabar tarqatgan.

«2015 yilning dekabrida biz «Özbekneftegaz» MHK bilan 2016 yilda 4 mlrd kub gazni sotib oliş haqida kelişuvga erişgandik», deyiladi xabarda.

«Gazprom» va «Özbekneftegaz» MHK örtasida 2012 yilning dekabrida tuzilgan kelişuv asosida 2013 yildan 2015 yilgaça özbek gazi Rossiyaga yetkazib berilgan.

Şu yilning yanvar oyida «Gazprom» 2016 yilda Turkmaniston gazini xarid qilişni töxtatişi, Rossiya 2016 yilda Özbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston ötgan yili yetkazib berganiga (3,1 milliard kub metr) nisbatan köp bölişi haqida xabar berilgandi. Bu xabar Rossiyaning gaz xoldingi boşqaruvi raisi Aleksey Miller tomonidan tasdiqlangan.

«Gazprom» va «Turkmangaz» uzoq vaqtdan beri turkmaniston gazining narxi borasida tortişib kelmoqda. 2015 yilning örtasida rasmiy Axşobod «Gazprom»ni sotib olingan gaz uçun pul tölamaganlikda aybladi. 2015 yilning iyunida esa «Gazprom», «Turkmangaz» tomonidan gazning narxi qayta körib çiqilişi munosobati bilan, Stokgolm arbitraj sudiga murojaat qildi.

«Gazprom» 2001 yildan beri Örta Osiyo gaz işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014 yilda «Gazprom» tomonidan Örta Osiyodan 29,52 milliard kubometr gaz ostib olingan. Ulardan 10,98 mlrd kubi Turkmanistondan, 7,38 mlrd kubi Özbekistondan va 10, 95 mlrd kubi Qozoğistondan.

«Gazprom» tomonidan sotib olinayotgan gaz «Örta Osiyo – Markaz» (SATs) gaz quvuri orqali taşiladi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston gaz qazib oluvçi dunyodagi eng yirik davlatlar önligiga kiradi (yiliga 63—65 milliard kub metr gaz), MDH davlatlari orasida esa uçinçi örinni egallaydi.

Aşxobod “Gazprom” turkman gazini sotib olişni töxtatganini ma'lum qildi

“Gazprom” Özbekistondan gaz xarid qilişni köpaytirdi