Şu kungaça bir yil davomida Özbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijroçi direktori sifatida işlab kelgan Mehriddin Abdullayev Buxoro viloyati hokimining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

"Buxoro viloyati hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini-özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi", deyiladi "Gazeta.uz" xabarida.

Mehriddin Abdullayev yöl jamğarmasi rahbarligidan oldin, 2012 yildan 2015 yilgaça moliya vaziri örinbosari sifatida işlagan.

Mehriddin Abdullayev (1969 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1993) va Toşkent davlat yuridik instituti (2005) bitiruvçisi.

1993-1994 yillarda Markaziy bankning Jondor tuman (Buxoro viloyati) bölimi boş iqtisodçisi, 1994-1997 yillarda — «Paxta bank»ning tuman bölimi yetakçisi, söngra boş mutaxassisi, 1997-2003 yillarda — «Asaka» bankining Buxoro viloyat filialida boşqaruvçi örinbosari va boşqaruvçi lavozimlarida işlagan.

2003-2006 yillarda Markaziy bankning Buxoro viloyat böyiça boş boşqarmasi boşliği, 2006-2010 yillarda — Özbekiston Milliy banki raisining birinçi örinbosari, 2010-2012 yillarda — Moliya vazirligi qoşidagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamarmasi ijroçi direktori bölgan.

Eslatib ötamiz, Prezidentning 24 fevraldagi qarori bilan viloyatlar, Toşkent şahri, şaharlar va tumanlar hokimiyatlarining boşqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi. Özgarişlarga köra, viloyatlar va poytaxt hokimlari örinbosarlari soni hokimning ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari lavozimining joriy etilişi hisobiga beş nafardan olti nafarga oşirildi.